BIR KAM DUNYO Севара Назархан

bir kam dunyo а также видео bir kam dunyo

Рейтинг: 0

Исполнитель: Севара Назархан

Название песни: BIR KAM DUNYO

Длина файла: 04:17

Дата добавления: 2015-04-02

Текст просмотрен: 459

Скачать

 
Другие песни Севара Назархан
Текст:

Ko’ngil ufqa intilar
Cheksiz orzu umidlar
Yozib hayot asari
Tangrim bizga tikilar

[SEVARA]
Gohida g'am, goh quvonch, allaqanday tashvishlar,
Gohi gumon, goh ishonch qalb qafasin to'ldirar.

[RASHID]
O'zimizga ishonib goh kibirga boramiz,
Musibat yetgan chog'da zaif titrab qolamiz.

[SEVARA]
Bu hayot dengizida, biz misli bir tomchilar,

[RASHID]
Har tomchi amalidan dunyo to'ri to'qilar.

Bir kam dunyo shod-xurramlik,
G'am-qayg'u unda birga turar.

Bir kam dunyo.

[SEVARA]
Bir kam dunyo, yaxshilik va yomonlik mudom baxsin surar.

[RASHID]
Bir kam dunyo, sinovingdan o'tishga har kim madad, najot tilar.

[SEVARA]
Muhabbat shirin og'u ishq quliga aylanib,
Bevafoning ahdiga goh qolamiz aldanib.

[RASHID]
Mashaqqatli bu hayot aslida bir muallim,
Hom sut emgan bandalar undan olmaymiz ta'lim.

[SEVARA]
Baxt boylikka cho'mganda yoqotamiz halovat,

[RASHID]
Dunyo bir kamligiga hech qilolmaymiz toqat.

[DUET]
Bir kam dunyo shod-xurramlik,
G'am-qayg'u unda birga turar.
Bir kam dunyo.
Bir kam dunyo, yaxshilik va yomonlik midom baxsin surar.
Bir kam dunyo, sinovingdan o'tishga har kim madad, najod tilar.

Bir kam dunyo shod-xurramlik,
G'am-qayg'u unda birga turar.
Bir kam dunyo, yaxshilik va yomonlik mudom baxsin surar.
Bir kam dunyo, sinovingdan o'tishga har kim madad, najod tilar.
Najot tilar.

Фильмы
Bir Kam Dunyo
Комментарии (0)
Добавить коментарий



Код безопасности:

Войти
Что прочитать
Песни
Исполнители